O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli isloxotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli qarorining ijrosini ta’minlash va Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan e’lon qilingan START-UP loyihalarida ishtirok etish maqsadida 2021-yil 30-mart kuni "Arxitektura va qurilish" fakultetida talabalarni ilmiy faoliyatga yo‘naltirish va ularda innovatsion fikrlashni, yangi g‘oya va tashabbuslarni shakllantirish maqsadida Respublika miqyosida o‘tkaziladigan iqtidorli talabalar o‘rtasidagi yangi START-UP loyihasida ishtirok etish uchun fakultet bosqichi tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda jami 16 nafar iqtidorli talabalar “Energiya tejamkorlik”, “Fan va ta’lim”, “Eng yaxshi innovatsion loyiha” va “Istiqbolli ishlanma” nominatsiyalari bo‘yicha o‘zlarining innovatsion loyihalari bilan faol ishtirok etdi va tanlov yakunida hakamlar tomonidan g‘oliblar aniqlanib ularga institut bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanma berildi.