Hello

RASMIY MUNOSABAT!

Ijtimoiy tarmoqda «Деканат талабаларга замонавий таълим бериш ўрнига сунъий тўсиқлар яратиш билан банд» mazmunidagi maqola joylashtirildi.

Jizzax politexnika instituti ushbu maqola yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

Jizzax politexnika instituti Sirtqi bo‘limi institutning 3-binosida o‘z faoliyatini olib boradi. Ta’kidlanganidek, institutning 3-binosi asosiy binodan 5 km uzoqlikda joylashgan bo‘lib, fan o‘qituvchilari va talabalarga yengillik yaratish maqsadida institut Kengashi qaroriga asosan 3-binoda dars o‘tuvchi mutaxassislikdan tashqari barcha fan o‘qituvchilari Sirtqi bo‘lim kafedrasiga biriktirilgan bo‘lib ular faqat 3-binoda faoliyat yuritishadi. Mutaxassis chiqaruvchi kafedralardan esa bir nafar o‘qituvchi mas’ul etib tayinlangan.

2020/2021-o‘quv yili grafigi asosida 3-29 may kunlari 2-kurs talabalari uchun 4-semestr o‘quv mashg‘ulotlari va attestatsiya jarayonlari onlayn tarzda Moodle masofaviy ta’lim platformasi orqali Zoom dasturida olib borildi. Mazkur platformaga fan o‘qituvchilari va talabalar biriktirilgan. O‘quv mashg‘ulotlariga onlayn qatnashgan talabalar topshiriqlarni bajarib, fanlarni o‘zlashtirishgan. Qatnashmagan talabalarga esa hozirda qayta topshirish uchun sharoitlar yaratilgan. Fanlardan o‘z vaqtida baholangan talabalar Moodle masofaviy ta’lim platformasi orqali yetarlicha ball to‘plaganligi asosida hech biri institutga kelmagan, mustaqil ish topshiriqlarini esa platformaga yuklagan.

Yuqorida ko‘rsatilgan “Биз давлат ишида ишлаймиз, маъмурият ҳар доим ҳам жавоб беравермайди. 1 ой ўқишга зўрға жавоб оламиз, домлаларнинг орқасидан ойлаб қувиб юришга жавоб берилмайди” vajga ko‘ra o‘z vaqtida baholangan va fanlardan qarzdorligi mavjud bo‘lmagan talabani institutga keltirish umuman mantiqsizdir. Fanlardan qarzdor talabalarning qarzdorlik sababi o‘rganilib, agar talaba onlayn o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmagan bo‘lsa fanlarni o‘zlashtirish uchun qo‘shimcha qayta o‘zlashtirishga yo‘naltiriladi. Bu esa talabaning ixtiyori bilan onlayn yoki an’anaviy shaklda bo‘lishi mumkin. Fan o‘qituvchisini ham oylab qidirish mantiqsizdir, sababi Moodle masofaviy ta’lim platformasida o‘qituvchining shaxsiy ma’lumotlari, telefon raqamlari, elektron manzili va boshqa rekvizitlari mavjud.

Sirtqi ta’lim yo‘nalishlariga auditoriya soati kamligi sabab ko‘proq o‘quv soatlari mustaqil ta’limga qaratilgan, bu yetuk mutaxassis bo‘lib shakllanishda o‘z ustida ishlash uchun bir vosita xisoblanadi.

Talabalar o‘qishga o‘z vaqtida ma’suliyat bilan yondashib, berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarishsa muammo va tushunmovchiliklardan mustasno bo‘lishadi.

Jizzax politexnika instituti matbuot xizmati

Jizzax politexnika institutining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling va kuzatib boring:

Instagram | Facebook | Twitter | Telegram | YouTube