O‘zbekistonda ilk bora ko‘zi ojizlar o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazilmoqda. Jizzax shahri ko‘zi ojiz sportchilar o‘rtasida 5x5 futbol bo‘yicha tarixda ilk marotaba o‘tkazilayotgan O‘zbekiston chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Kecha musobaqaning guruh bosqich 3-tur uchrashuvlari hamda yarim final bahslari bo‘lib o‘tdi.
Shundan so‘ng yarim final bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda Qashqadaryo – Buxoro va Samarqand – Navoiy jamoalari kuch sinashdi. Yakunda Qashqadaryo viloyati jamoasi Buxoroni 1:0, Samarqand esa Navoiyni 2:1 hisobida taslim qildi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Bronza medallari uchun kechgan uchrashuvda 2:0 hisobida buxoroliklarning qoʻli baland keldi.
Bugun shuningdek Samarqand va Qashqadaryo jamoalari oʻrtasida final oʻyini boʻlib oʻtadi.