Jizzax politexnika instituti "Sanoat texnologiyalari" fakulteti talabalarining darsdan bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, shuningdek institutda amalga oshiriladigan ma'naviy-ma'rifiy ishlar va Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabusning to‘rtinchi tashabbusi "Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan" samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etilgan “ZUKKO KITOBXONLAR” ko'rik tanlovining fakultet bosqichi o‘tkazildi.
Ko‘rik tanlovda kafedra bosqichilaridan yuqori ball to‘plagan 9 ta jamoa qatnashdi. Tanlov natijasiga ko‘ra 1-o‘rinni 313-18 ESBKI va T guruhi, 2-o‘rinni 311-20 ESBKI va T guruhi va 3-o‘rinni 331-20 OOT guruhlari egallashdi.
G‘oliblarga fakultet dekanati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi. Tanlov yuqori saviyada tashkil etildi.