Hello

Hashar – elga yarashar | #live

Jizzax politexnika institutida ham xayriya hashari qizg‘in davom etmoqda

Umumxalq xayriya hashari — xalqimizning asrdan asrga o’tib kelayotgan ezgu fazilatlardan biridir. Uning zamirida obodlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, xayr-sahovat va bunyodkorlik mujassam.

 

 

Ma’lumki, mustaqilligimizning 30 yillik bayrami arafasida 21-avgust kuni yurtimiz bo‘ylab “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida umumxalq xayriya hashari bo’lib o’tmoqda.

 

 

Jizzax politexnika institutining ham barcha hududlarida umumxalq xayriya hasharini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish belgilangan.

 

 

E’lon qilingan umumxalq xayriya hashari doirasida institut jamoasi tomonidan ham hashar faollik bilan tashkil etilgan boʼlib, institutning barcha hududlarida umumxalq obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari qizg‘in ketmoqda!

 

 

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, hashar insonlarni birlashtiruvchi, ularda mehr-oqibat, odamiylik kabi hislatlarni tarbiyalovchi tadbirdir.