- Ro‘yxatdan o‘tish
- Komissiya tarkibi
- Buyruq
- Nizom
- ta’lim yo’nalishlari ro’yxati
- Baholash mezoni
- Namunaviy suhbat savollari
- Suhbatdan o’tish jadvallari
Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar diqqatiga!Hukumat qaroriga (https://lex.uz/docs/-5818575) asosan texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga 2-kursdan o‘qishga qabul qilish tartibi belgilangan.
Ushbu toifadagi abituriyentlar 2022-yil 5-iyuldan boshlab Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining suhbat.edu.uz elektron platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda.
Ro‘yxatdan o‘tishda abituriyent to‘g‘risidagi ma’lumotlar elektron platformada avtomatik shakllanadi.
Ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni joriy yilning 25-iyuliga qadar davom etadi.
Oʻz sohasiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxatini yuklab olish.
KOMISSIYA TARKIBI
2022/2023 o‘quv yilida texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni
Jizzax politexnika instituti bakalavriyat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha komissiyasi
T A R K I B I
№ | F.I.Sh. | Lavozimi | Vazifasi |
1 | Usmankulov Alisher Kadirkulovich | Rektor | Rais |
2 | Egamnazarov G`ayrat Gaybullaevich | O`quv ishlari bo`yicha prorektor | Rais muovini |
3 | Oliy ta’lim vazirligidan ma’sul xodim | A’zo | |
4 | Maxsudov Bobir Elamоnovich | Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens-nazorat» tizimini boshqarish bо‘lim boshlig‘i | A’zo |
5 | Qarshiboyev Sharof Egamnazarovich | Institut «Ta’lim sifatini nazorat qilish» bо‘lim boshlig‘i | A’zo |
6 | Berdiqulov Sirojiddin Xasanovich | Institut bosh auditori | A’zo |
7 | Texnikumlarning etuk mutaxassis o‘qituvchisi | A’zo | |
8 | Mutaxassis chiqaruvchi kafedra o‘qituvchilari | A’zo | |
9 | Soha bo‘yicha etuk mutaxassis | A’zo | |
10 | Mirzabekov Mirkomil Saidaxmedovich | QMM fakulteti dekani. Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oily ta’lim muassasalarining bakalavriyat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha mas’ul | Kotib |
Izoh: Ta’lim yo`nalishlari bo`yicha kafedraladan qo`shimcha soxa mutaxassislari jalb etiladi.
Jizzax politexnika institutida texnikum bitiruvchilarning suhbat
natijalaridan norozilik murojaatlarini ko‘rib chiqish uchun
apellyatsiya (norozilik) komissiyasining tarkibi
1. Abdunazarov Jamshid – Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor, komissiya raisi;
2. Qarshiboev Sharof – institut “Ta’lim sifatini nazorat qilish” bo‘limi boshlig’i, a’zo.
3. Takabaev Qo‘chqor – institut kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi, a’zo;
4. Umirzaqov Azamat – Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens-nazorat» tizimini boshqarish bо‘lim boshlig‘i mutaxassisi, a’zo.
Zarurat ug’ilganda ta’lim yo`nalishlari bo`yicha kafedralardan qo`shimcha soha mutaxassislari jalb etiladi.
Texnikumlarning o’rta maxsus professional ta’lim dasturlarining bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalarining 2-bosqichidan o’qishni davom etirishi mumkin bo’lgan o’z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo’nalishlari ro’yxati (Yuklab olish)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Baholash mezoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 5812-sonli Farmoni asosida oliy ta’lim muassasalari huzurida tashkil etilgan texnikumlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2022 yil 11 yanvardagi 17-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi NIZOM talablari asosida ishlab chiqilgan hamda texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni (keyingi o‘rinlarda – bitiruvchilar) o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarisiz, yakka tartibdagi suhbat orqali Jizzax politexnika institutining 2-bosqichidan o‘qishini davom ettirish uchun qabul qilish tartibini belgilaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan o‘zsohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati asosida texnikum bitiruvchilari Jizzax politexnika institutiga kirish imtixonlarisiz, ushbu hujjatda keltirilgan baholash mezonlari asosida yakkatartibdagi suhbat orqali sinovdan o‘tkaziladilar.
3. Quyidagi talablarga javob bergan talabalar yakka tartibdagi suhbat jarayonlarida qatnashish huquqiga ega bo‘ladilar:
– Bitiruvchi butun o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari «5 (a’lo)» va «4 (yaxshi)», biroq o‘zlashtirish baholarining kamida 50 foizi «5 (a’lo)» bo‘lishi;
– Texnikumni tamomlaganiga kamida ikki yil bo‘lgan bo‘lishi;
– O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2022 yil 11 yanvardagi 17-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriyat ta’lim yo‘nalishlariga suxbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi NIZOMga asosan Jizzax politexnika institutiga topshirmoqchi bo‘lgan texnikum bitiruvchi o‘quvchilari uchun tayyorlangan
NAMUNAVIY SUHBAT SAVOLLARI
YUKLAB OLISH
SUHBATDAN O‘TISH JADVALLARI
JizPI rektorining
2022-yil “__” _____dagi
№___-___-sonli buyrug‘iga
2-ilova
Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni institutning bakalavriyat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga kiruvchilarga suhbatlar jadvali
№ | Suhbat kuni | Vaqti | Yo‘nalish kodi va nomi | Suhbatdan o’tuvchilar soni | guruxi |
1. | 10.08.2022 | 0800-1220 | 5.83.01.01 – Ekologiya va atrof muhitni himoya qilish | 26 | 1 |
2. | 11.08.2022 | 0800-1300 | 5.53.08.01 – Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari boʻyicha) | 29 | 2 |
3. | 11.08.2022 | 1400-1900 | 5.54.05.01 – Qurilish materiallari ishlab chiqa-rish texnigi (turlari boʻyicha) | 24/1 rus | 3 |
4. | 12.08.2022 | 0800-1300 | 5.53.10.01 – Yengil sanoat buyumlari konstruk-siyasi va texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari boʻyicha) | 29 | 4 |
5. | 12.08.2022 | 1400-1900 | 30 | 5 | |
6. | 13.08.2022 | 800-1200 | 5.61.07.01 – Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnik-texnologi | 2 | 6 |
5.62.01.01 – Qishloq xoʻjaligini mexanizat-siyalash va servis texnik-texnologi | 20 | ||||
5.51.07.01 – Elektronika va asbobsozlik | 2 | ||||
7. | 13.08.2022 | 1300-1700 | 5.54.01.01 – Arxitektura | 3 | 7 |
5.54.02.01 – Bino va inshootlar qurilishi | 5 | ||||
5.54.06.01 – Avtomobil yoʻllari, koʻpriklar va aerodromlar qurilishi | 14 | ||||
8. | 15.08.2022 | 0800-1300 | 5.82.01.02 – Tashishlarni tashkil etish va transportni boshqarish (turlari boʻyicha) | 24 | 8 |
9. | 15.08.2022 | 1400-1900 | 25 | 9 | |
5.53.06.01 – Mashinasozlik texnologiyasi | 1 | ||||
10. | 16.08.2022 | 0800-1300 | 5.51.05.01 – Avtomobil transportiga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash | 28/1 rus | 10 |
11. | 16.08.2022 | 1400-1900 | 28 | 11 | |
12. | 17.08.2022 | 0800-1300 | 29 | 12 | |
13. | 18.08.2022 | 0800-1300 | 5.51.02.02 – Elektr stansiyalari, tarmoqlari va tizimlari | 31 | 13 |
14. | 18.08.2022 | 1400-1900 | 32 | 14 | |
15. | 19.08.2022 | 0800-1300 | 5.32.06.01 – Buxgalteriya hisobi va audit | 31 | 15 |
16. | 20.08.2022 | 0800-1300 | 31 | 16 | |
17. | 22.08.2022 | 0800-1300 | 31 | 17 |