Davlat test markazining rasmiy veb-saytida “Stadionlar va xiyobonlar” bo‘limi tashkil etilib, unga 2020-2021-o‘quv yili qabulida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun test sinovlari o‘tkaziladigan stadionlar va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi. Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan: ⇒ stadion yoki xiyobonning rasmi; ⇒ hududga kirish joylari; ⇒ stadion yoki xiyobon nomi; ⇒ stadion yoki xiyobon manzili; ⇒ sektor raqami; ⇒ test topshiradigan guruhlar; ⇒ stadion yoki xiyobonning google xaritadagi geolokatsiyasi. Mazkur sahifadan Jizzax viloyatida test sinovlari o‘tkaziladigan stadion va xiyobonlari bo‘yicha ma’lumotlar bilan batavsil tanishishingiz mumkin: https://dtm.uz/page/test_jizzax