Hello

RASMIY MUNOSABAT:

 

Telegram messenjeridagi “TentakMinds” kanalida «10 foizlik chegirma birinchi kurslarga tegishli emasmi?» mazmunidagi xabar joylashtirildi.

 

Jizzax politexnika instituti ushbu xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

 

Joriy yilda Jizzax politexnika institutiga talabalikka tavsiya etilgan Azizova Safina tomonidan 10-sentabr kuni telegram messenjeridagi “TentakMinds” kanaliga murojaat yo‘llangan. Murojaatda ta’kidlanishicha, u birinchi kurs uchun shartnoma olgan va vaksina olganligi to‘g‘risida ilova ham bergan, ammo unga shartnomada 10 foizlik chegirma qo‘shib berilmasligi ma’lum qilingan.

 

Institutdagi mas’ullar tomonidan masala o‘rganilib, shu kunning o‘zidayoq ijobiy hal etildi. Murojaat etuvchiga 10 foizlik chegirmali shartnoma taqdim etildi.

 

Jizzax politexnika instituti matbuot xizmati