2020-yil 12-avgust kuni  Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida ma’lum qilinishicha:

- test sinovlari 2-sentabrdan boshlanadi va kuniga 2 marta (havo salqin paytda) o‘tkaziladi;

- test sinovlari birinchi smena 08:00 da boshlansa, 10:00 gacha davom etadi,  ikkinchi smena esa 17:00 da boshlanib, 19:00 da tugaydi. Kunning bu paytida havo salqin bo‘ladi;

- aAbituriyentlar va ularning ota-onalari test sinovlarini televideniya va test2020.uz sayti orqali onlayn kuzatib borishlari mumkin bo‘ladi;

- test sinovlari boshlanishidan o‘n kun oldin Davlat test markazining saytida har bir abituriyentning shaxsiy kabinetida abituriyent ruxsatnomasi qo‘yiladi. Har bir abituriyent ro‘yxatdan o‘tganda ko‘rsatgan telefon raqamiga bu haqda xabar beriladi;

- abiturientning test sinovida to‘plagan ballari haqidagi ma’lumot test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasiga, uning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani bo‘yicha belgilangan tartibda tasdiqlangan tanlov natijasi test sinovlarini o‘tkazish jarayoni to‘liq yakunlangandan keyin bir hafta muddat ichida Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.