⚡️ Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish muddatlari uzaytirildi 🔰 Abituriyentlarga qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida davlat OTMga my.gov.uz portali va my.dtm.uz rasmiy veb-sayti orqali onlayn roʻyxatdan oʻtkazish istisno tariqasida uzaytirildi. 🔹Unga ko‘ra abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 2022-yil 27-iyulga qadar (27-iyul kuni ham) davom etadi. 🔸Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatga olish esa 17-iyulga qadar (17-iyul kuni ham) amalga oshiriladi. 📌 Mazkur muddat davomida abituriyentlar: ➖o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari; ➖hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritishlari mumkin; ➖shuningdek, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar OTMda tashkil etilgan qabul komissiyalari orqali roʻyxatdan oʻtkaziladi. manbaa: edu.uz