...

14 Okt

TADBIRKORLAR VA SARMOYADORLAR DIQQATIGA!

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi PF-5847-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentyabrdagi “Respublikada oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 563-sonli qarorida Davlat-xususiy sheriklik asosida oliy ta’lim muassasalari moddiy texnik bazasini rivojlantirishni jadallashtirish va talabalar turar joylarini barpo etish belgilangan.

Farmon va qarorda oliy ta’lim muassasalarining o’sib borayotgan ehtiyojlarini o’z vaqtida ta’minlash maqsadida infratuzilma ob’yektlarini qurish va ulardan foydalanishni tashkil etish ishlariga xususiy investitsiyalarni jalb qilish ko’zda tutilgan.

Jizzax politexnika institutiga xususiy tashabbuskor «BOURSA NATIONAL» MCHJ tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyihada Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 4 uy, Jizzax politexnika instituti hududida, Jizzax politexnika instituti hududida (0.6 gektar) yer maydonida 1 200 o’ringa mo’ljallangan talabalar turar joyi binosini qurish va faoliyatini tashkil etish rejalashtirilgan.

O’zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to’g’risida” 2019-yil 10-maydagi O’RQ-537-son Qonuniga va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to’g’risida” 2020-yil
26-apreldagi 259-son qaroriga muvofiq mazkur loyihaning konsepsiyasi Jizzax politexnika instituti tomonidan joriy yilning 7 oktyabrida tasdiqlangan.

Jizzax politexnika instituti talabalarini zamonaviy shinam turar joy bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

Ushbu loyihani amalga oshirishda manfaatdor tomonlar qiziqish bildirish uchun so’rov va takliflarini 2022-yil 27-noyabrgacha topshirishlari lozim.

Qiziqish bildirish uchun so’rov formasi

Loyiha konsepsiyasi

Loyiha haqida ma’lumot

Qiziqish bildirish uchun so’rov va tenderlar (takliflar) quyidagi manzillarda qabul qilinadi:

  1. Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi manzili: 100095 Toshkent shahri, 2-Chimboy ko’chasi, 96-uy, E-mail: devonxona@edu.uzedu@exat.uz, veb-sayt: edu.uz, Telefon raqami: +99871 246 04 27
  2. Jizzax politexnika instituti manzili: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 4 uy, E-mail: info@jizpi.uz, veb-sayt: https://jizpi.uz/ Telefon raqami:
    +998 72 2264605
  3. Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi manzili: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Sh.Rashidov shoh ko’chasi 16-uy,  E-mail: pppinfo@ppp.mf.uzAbduvoxidX@ppp.mf.uz, Tel: 71-203-03-07 (708). (Eslatma! Elektron yuboriladigan fayl yoki fayllarning hajmi 10 MBdan ortiq bo’lmasligi lozim. Shu munosabat bilan fayllarni ixchamlashtirgan 10 MB dan ortiq bo’lmagan holda yuborishingiz so’raladi yoki qog’oz shaklida taqdim etishingiz mumkin).

“DXSH to’g’risida”gi qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so’rov va tenderlar (takliflar) olingan taqdirda, Oliy ta’lim vazirligi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o’tkazadi.

Manba: https://www.pppda.uz/10405