...

27 Sen

Jizzaxda "IDEATHON 2022" g'oyalar tanlovi!

IT Park Jizzax filiali, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jizzax viloyati boshqarmasi hamda Jizzax politexnika instituti hamkorligida «IDEATHON 2022» g`oyalar tanlovi tashkil etildi. Birinchi saralash bosqichidan o`tgan loyiha mualliflari hakamlar jamoasiga o`z startap loyihalarini namoyish qilishdi.

Tanlov natijalari bo‘yicha:

1-o’rin «ADOS» – Yoshlar bandligini ta`minlash platformasi loyihasi

2-o’rin «Greenline» – mashinalar uchun aqlli qulf loyihasi

3-o’rin «Elektromobil» loyihasi

Tanlov g’oliblari Jizzax politexnika instituti tomonidan pul mukofotlari bilan taqdirlandi.