...

15 Sen

⚡️Uzbekistan GTL kompaniyasining oliy ta’lim muassasalarining iqtidorli talabalari o‘rtasidagi “GTL stipendiyalar dasturi - 4” tanlovida  ishtirok etishga chorlaymiz!

⚡️Uzbekistan GTL kompaniyasining oliy ta’lim muassasalarining iqtidorli talabalari o‘rtasidagi “GTL stipendiyalar dasturi – 4” tanlovida  ishtirok etishga chorlaymiz!

Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin?
Texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarining 3-4 bosqich bakalavr va 1-2 bosqich magistr ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar.

Stipendiya dasturi g‘oliblari qanday aniqlanadi:
Tanlov g‘oliblari quyidagi 3 bosqich natijalariga ko‘ra aniqlanadi:

1-bosqich. Onlayn ro‘yxatdan o‘tish (15-sentyabrdan 15-oktyabrga qadar).
Talabalar ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Shuningdek, ro‘yxatdan o‘tish bilan birgalikda, https://t.me/uzgtl_scholarship_bot telegram-bot manzili orqali talabalar tanlov hay’atiga o‘zlari haqida to‘liqroq ma’lumot va tasavvur qoldirish imkonini beruvchi video yuborishlari so‘raladi.

2-bosqich. Test yoki yozma imtihon (20-oktyabrdan 15-noyabrga qadar).
Birinchi bosqichda qabul qilingan onlayn anketalar va videolar orqali saralangan talabalar, mutaxassisliklari va ingliz tili bo‘yicha savollardan iborat yozma ish yoki test shaklida o‘tuvchi imtihonga taklif etiladilar.
O‘tkazilish joyi: Qarshi, Buxoro va Toshkent shaharlaridagi oliy ta’lim muassasalari hududi.

3-bosqich. Suhbat (20-noyabrdan 15-dekabrga qadar).
Ikkinchi bosqichda yuqori natijaga erishgan talabalar, mutaxassislik bo‘yicha bilim va talabalarning shaxsiy fazilatlarini sinchkovroq aniqlash imkonini beradigan savol-javob tarzida o‘tuvchi suhbatda ishtirok etadilar.
O‘tkazilish joyi: Qarshi, Buxoro va Toshkent shaharlaridagi oliy ta’lim muassasalari hududi.

Tanlov doirasida o‘tkaziladiga har bir bosqich bo‘yicha batafsil ma’lumot (keyingi bosqichga o‘tgan talabalar ro‘yxati, imtihon o‘tkazish kuni, joyi va vaqti) Kompaniyaning rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilib boriladi.
Stipendiya dasturi g‘olibi sifatida saralangan talabalarni tantanali tarzda taqdirlash marosimi dekabr oyida o‘tkaziladi.
Stipendiya dastur g‘oliblariga 1 yil mobaynida oyma-oy 1 mln. so‘m miqdorida stipendiya to‘lab boriladi hamda oliy ta’lim muassasasini tugatgandan so‘ng, doimiy ish bilan ta’minlanadi. Shuningdek, “Uzbekistan GTL” zavodida kengaytirilgan ishlab chiqarish va diplomoldi amaliyotlarini o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Amaliyot davomida transport, yashash va ovqatlanish xarajatlari Kompaniya tomonidan qoplanadi.

Eslatib o‘tamiz, «Uzbekistan GTL» kompaniyasining stipendiya dasturi birinchi bor 2019-2020 o‘quv yilida ta’sis etilgan. 2019-2020 o‘quv yilida 800 nafar, 2020-2021 o‘quv yilida 1200 nafar, 2021-2022 o’quv yilida 1700 nafar talabalar qatnashdi. Mazkur tanlovlarda 50 ga yaqin iqtidorli talabalar tanlovning g‘olibi va faol ishtirokchilari sifatida e’tirof etilgan.
Stipendiya g‘oliblarning kuchli beshligini Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahri filiali, Toshkent davlat texnika universiteti, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti va O‘zbekiston milliy