O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5887-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-maydagi "Hududiy futbol assotsiatsiyalari faoliyatini yanada qoʼllab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 311-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Jizzax viloyat futbol assotsiatsiyasining ish rejasiga asosan joriy yil 5-yanvardan boshlab xavaskor jamoalar, futbol klublari, viloyat hududidagi korxona, tashkilot va muassasalar jamoalari o‘rtasida mini-futbol (futzal) bo‘yicha 2-liga Jizzax viloyat chempionati musobaqasiga start berilgan edi. Bugun, 4-aprel kuni Jizzax shahrida futzal bo‘yicha 2-liga viloyat chempionatining final uchrashuvi boʼlib oʼtdi. Finalda Jizzax politexnika institutining POLITEXNIK JPI jamoasi HUAXIN-JIZZAX jamosi bilan oʼyinga tushdi. Oʼyin yakunida 3:4 hisobi qayd etildi va HUAXIN-JIZZAX jamoasi 1-oʼrinni, POLITEXNIK JPI jamoasi esa 2-oʼrinni qoʼlga kiritdi. Chempionatda GʻAZNA jamoasiga 3-oʼrin, JIZZAXSUVQURILISH DUK jamoasiga esa 4-oʼrin nasib qildi. Musobaqa yakunida 1-o‘ringa super yutuq "DAMAS" avtomobili, kubok, medallar va qimmatbaho esdalik sovg‘alari, 2-o‘ringa 20 mln.so‘m pul mukofoti, medallar va qimmatbaho esdalik sovg‘alari, 3-o‘ringa 15 mln.so‘m pul mukofoti, medallar va qimmatbaho esdalik sovg‘alari, shuningdek 4-o‘rinni egallagan jamoa esa 10 mln.so‘m pul mukofoti, medallar va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan takdirlandi.