Hello

⚡️Xushxabar: Institutimiz talabasi «Yil talabasi — 2020» Respublika tanlovi gʻoliblari qatorida

     

Yaqin soatlarda ijtimoiy tarmoqlarda Oliy ta’lim muassasalaridan «Yil talabasi — 2020» Respublika tanlovi yakuniy bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimida ishtirok etadigan talabalar va masʻullar RO’YXATI tarqaldi. Quvonarlisi gʼoliblar qatorida institutimizning «Sanoat texnologiyalari» fakulteti talabasi Qayumov Abdumalik ham bor. Tanlov gʼoliblari haqida hali rasmiy maʼlumot berilmadi, ammo yuqoridagi maʼlumotlarga asoslangan holda talabamizni ushbu natija bilan samimiy muborakbod etamiz.

P.S.: Gʼoliblar haqida rasmiy maʼlumot eʼlon qilinishi bilan albatta sizlarni ham xabardor qilamiz.

©Institut matbuot xizmati

JizPI rasmiy kanali: @JizPI_online