...

22 Avg

💐Tabriklaymiz !

Bugun 22-avgust kuni Yunus Rajabiy nomidagi Jizzax viloyat musiqali drama teatrida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limining Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi rahbari I.Umarova so‘zga chiqib, bo‘limning yarim yillik hisobotini taqdim qildi. I. Umarova viloyatimiz tumanlarida markaz tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisobot berdi.

Shuningdek tadbirda Jizzax viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari A. Sovurboyev so‘zga chiqib tumanlardagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar holati, Baxmal, Arnasoy tumanlarida ma’naviy-marifiy ishlar tizimli yo‘lga qo‘yilmaganligi to‘g‘risida tanqidiy-tahliliy munosabat bildirdi. Viloyatimizda barcha sohani rivojlantirish zamirida xalqimizning, yoshlarimizning ma’naviy dunyosini ezgulik, sog‘lom fikrlash, milliy qadriyatlarimizga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash to‘g‘risida so‘zlab, ayni paytda yana va yana global ko‘lamlarda aynan yoshlar tarbiyasida yechimini kutayotgan muammolar mavjudligini tan olishimiz, e’tirof etishimiz kerak deb ta’kidladi. O‘zi va o‘zgalarning taqdiriga, kelajagiga befarqlik, shafqatsizlik, ishyoqmaslik, halol mehnatdan bo‘yin tovlash, axloqsizlik, yengil-yelpi va boshqalar hisobiga kun kechirish, giyohvandlik, o‘g‘irlik, jinoyatchi guruhlar, ekstremistlar va terroristlar faoliyatida ishtirok etish ham jamiyatning aynan navqiron yoshdagi a’zolarini o‘z domiga tortayotgani sir emasligi to‘g‘risida, ilm o‘rganish, ma’lumot olish uchun sharoit yaratib berayotgan axborot texnologiyalari, jumladan, internet ham muammolar manbaiga aylanib borayotganini ta’kidlash zarur deb so‘zida davom etdi. Yoshlar va jamiyatning turli yoshdagi boshqa a’zolarining ma’rifiy-madaniy tarbiyasida ma’naviy-ma’rifiy merosimizdan foydalanish jarayonida ulardan ma’rifiy-tarbiyaviy maqsadlarda faolroq foydalanishni taklifini yig‘ilish ishtirokchilariga bayon etdi.

Shundan so‘ng “Ma’rifat targ‘ibotchilar jamiyati” raisi B. Husanov so‘zga chiqib, jamiyatning faoliyati va Jizzax viloyatida “Ma’rifat targ‘ibotchilar jamiyati” a’zolarining ishtiroki to‘g‘risida aytib o‘tdi. Va so‘zining yakunida Jizzax viloyatidagi faol ishtirok etgan Ma’rifat targ‘ibotchilarini alohida ta’kidlab, ularga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Shu o‘rinda, alohida takidlash joizki Jizzax viloyati “Ma’rifat targ‘ibotchilar jamiyati” a’zolari tarkibiga Jizzax politexnika institutining Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchilari Xidirov Hoshim va Turatov Shuhratlar ham kiradi.

H. Xidirov va Sh.Turatovlar ham «Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsad va ustuvor vazifalar» mavzusida 2022-yil mart-may oylarida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlarida faol ishtiroki uchun – Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari tomonidan tashakkurnoma, «Ma’rifat targ‘ibotchilar jamiyati» ko‘krak nishoni va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Tadbir davomida taniqli san’atkorlar ijrosida kuy va qo‘shiqlar ijro etildi.