...

17 Dek

Kibersport musobaqasida JizPI talabalari ikkinchi o'rinni egalladi.

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasidagi Kibersport musobaqasi bo’lib o’tayotgani va unda JizPI jamoasi finalga chiqqani haqida xabar bergan edik.

Bugun bo’lib o’tgan final uchrashuvida talabalarimizga ozgina omad yetishmadi.

Jizzax shahridagi «Valkyrie eSports» majmuasida o’tkazilayotgan «Kibersport» musobaqasining final bosqichi yakunlandi.

Kuchli bahslar natijasiga ko’ra:

1-o’rin: Sambhram universiteti jamoasi;

2-o’rin: Jizzax politexnika instituti jamoasi;

3-o’rin: O’zbekiston milliy universiteti Jizzax filiali jamoalari egalladi.

G’oliblar 19-dekabr kuni tantanali ravishda munosib taqdirlanadi!

Eslatib o’tamiz, finalgacha JizPI jamoasi quyidagicha natijalar qayd etgan edi:

JizPI 2:0 JDPU

JizPI 2:0 OʻzMU JF

JizPI 2:0 KFU