...

22 Dek

Jizzax politexnika institutida "Rektor va yoshlar" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Jizzax politexnika instituti konferensiya zalida institut rektori hamda JizPI akademik litseyi o’quvchi-yoshlari ishtirokida «Rektor va yoshlar» uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Jizzax politexnika instituti faollar zalida joriy yilning 22-dekabr kuni Jizzax politexnika instituti rektori A.Usmankulov bilan akademik litseyning iqtidorli o‘quvchi-yoshlari, fan, sport va boshqa ommaviy tadbirlarda yuqori natijalarga erishgan hamda “Rektor stipendiya”si va “Akademik litsey iftixori”uchun o‘tkazilgan tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Mazkur tadbir 2022-yilning yakunlariga bag‘ishlandi. Tadbirni akademik litsey direktori M.Gʻoziyeva boshqarib bordi. Unda akademik litseyning ilg‘or fan o‘qituvchilari, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o‘rinbosari, yoshlar ittifoqi yetakchisi hamda kafedra mudirlari ishtirok etdilar.
Tadbirda joriy yil davomida Respublika va Xalqaro miqyosda o‘tkazilgan fan olimpiadalari hamda tanlovlarda faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan akademik litseyning iqtidorli o‘quvchilari – 2022-yil oktyabr-noyabr oylarida Respublika fan olimpiadasining viloyat bosqichida faol ishtirok etib, jamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan bir guruh o’quvchilar hamda ularning ustozlari, shuningdek, joriy yilda “Rektor stipendiya”si uchun o‘tkazilgan tanlovda munosib ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 10 nafar rektor stipendiantlari Jizzax politexnika instituti va akademik litseyi ma’muriyatining sertifikati va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tadbirda institutimiz rektori A.Usmankulov so‘zga chiqib, akademik litseyning iqtidorli o‘quvchilarini qo‘lga kiritilgan munosib yutuq va muvaffaqiyatlar bilan tabriklab, ularning ota-onalariga alohida minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, institut tomonidan akademik litseyning iqtidorli o‘quvchilariga qaratilayotgan e’tibor akademik litseyning barcha o‘quvchilarida fan va sportga bo‘lgan qiziqishni yanada rivojlantirish hamda ularni oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirish ko‘rsatkichlarini yanada oshishida muhim omil bo‘lishi to‘g‘risida alohida ta’kidlab o‘tdi.
Tadbir so‘ngida iqtidorli o‘quvchi-yoshlaridan Abdukodirova Moxinurning dadasi Soatov Ulugbek, Baxromov Bexruzning onasi Murodova Umida xamda Ismoilova Mukaddasning onalari ham so‘zga chiqib, institut hamda akademik litsey ma’muriyatiga o‘zlarining alohida minnatdorchiliklarini bildirib, yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan barchani yana bir bor tabriklab o‘tishdi.
Tadbir yakunida akademik litsey direktori M.Gʻoziyeva so‘zga chiqib, akademik litseyning barcha o‘quvchilariga mana shunday yuksak e’tibor hamda muvaffaqiyat cho‘qqilarini zabt etish nasib etishini, ko‘zlagan oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirib, ota-onalari va ustozlari oldida yuzlari doimo yorug‘ bo‘lishini tiladi. O‘z navbatida joriy o‘quv yilida akademik litsey bitiruvchilarining oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirish ko‘rsatkichlari o‘tgan yilgiga nisbatan yanada oshishini alohida ta’kidladi va bugungi tadbirga tashrif buyurgan barcha ota-onalar, institutimiz ma’muriyati hamda iqtidorli yoshlar hamda ularning ustozlariga o‘z minnatdorchiligini bildirib, tadbirni yakunladi.
Tadbir unda ishtirok etgan barcha o‘quvchi-yoshlar, ularning ota-onalari hamda ishtirokchilarda chuqur taassurot qoldirdi.