...

24 Dek

JizPI o'qituvchisi respublika ko‘rik-tanlovida 1-o'rinni qo'lga kiritdi.

Eng faol ixtirochi yoshlar munosib taqdirlandi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalar Milliy ofisi tomonidan Yoshlar akademiyasi a’zolari uchun “Ixtirochilik va ratsionalizatorlik” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Mazkur tanlovda “InnoWeek.uz-2022” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligida ishtirok etgan, Respublikaning 12 ta viloyati va Qoraqalpog’iston Respublikasidan yetib kelgan ixtirochi yoshlar innovatsion loyihalari bilan ishtirok etdi. Jumladan, 41 nafar yoshlar o‘z taqdimotlari bilan qatnashdi.

Jizzax politexnika instituti Radioelektronika kafedrasi asisstenti Xasan Abdiyev “Ixtirochilik va ratsionalizatorlik” ko‘rik-tanlovida 1-o’rinni qo’lga kiritdi.

Ko‘rik-tanlov g‘oliblari pul mukofotlari bilan taqdirlandi:

1-o‘ringa – 90 mln so‘m

2-o‘ringa – 75 mln so‘m

3-o‘ringa – 60 mln so‘m