...

12 Okt

Qurilish materiallari muhandisligi fakulteti tomonidan TTJda sport musobaqalari hamda zakovat intellektual oʻyini oʻtkazildi.

Bugun Qurilish materiallari muhandisligi fakultetining dekani M.Mirzabekov, Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan o’rinbosari Oʻ.Suyunov va tyutorlar tashabbusi bilan talabalar turar joyida fakultet talabalari oʻrtasida sportning turnikka tortilish, arqon tortish turlari bo’yicha musobaqa hamda zakovat intellektual oʻyini oʻtkazildi.

Shuningdek, talabalar turar joyida turuvchi talabalarning ichki tartib qoidalarga qanday darajada rioya qiloyatganligi va qanchalik xonalarini toza tutayotganligi oʻrganildi.

Talabalar turar joyi masʼul xodimlari tamonidan fakultetga biriktirilgan xonalarning eng namunalisi aniqlab berildi. Tavsiya etilgan xonadagi talabalarga fakultet jamoasi tamonidan sovgʻalar topshirildi.

Oʻtkazilgan sport musaboqalar yakunida gʻoliblar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Tadbir yakunida talabalar tamonidan she’r va qoʻshiqlar ijro etildi.

Talabalar yaxshi kayfiyatda oʻz xonalariga dam olishlari uchun kuzatildi.