...

23 Yan

O'qituvchilarimizni va talabamizni erishgan yutuqlari bilan tabriklaymiz!

Jizzax viloyatidagi korxona, tashkilot va boshqarmalar xodimlarini sog’lom turmush tarziga keng jalb qilish va ularning jismoniy faolligini oshirish uchun qo’shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida «Hokim kubogi» uchun ommaviy sport festivali o’tkazildi.

Mazkur musobaqalarda Jizzax politexnika instituti professor-o‘qituvchilari ham faol ishtirok etdilar.

Avvalroq institutning Qurilish materiallari va kimyoviy texnologiya fakulteti, Qurilish materiallari va konstruksiyalari kafedrasi assistenti Boboqulova Shaxzoda sportning stol tennisi bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlangani haqida ma’lumot bergan edik.

Shaxmat bo’yicha ayollar o’rtasidagi musobaqada Arxitektura va qurilish fakulteti Bino va inshootlar qurilishi kafedrasi assistenti Aziza G‘ulomova ham faol ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni, erkaklar o’rtasidagi musobaqada Servis fakulteti Metrologiya va standartlashtirish kafedrasi mudiri G‘ayrat Shertayloqov faxrli 3-o‘rinni egalladi.

 

Ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

_________________________________________________________

Samarqand shahrida bo’lib o’tgan «Ilmiy tadqiqotchi – 2023» xalqaro ilmiy-amaliy tanlovida Energetika kafedrasi assistenti Laziz Baratov ham faol ishtirok etib, diplom hamda esdalik ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.

L.Baratovning ilmiy rahbari M.Anarboyevga maxsus tashakkurnoma taqdim etildi.

_________________________________________________________

Shuningdek, “Best Publication” ilmiy tadqiqotlar markazining 2022-yil 24-dekabr kungi 32-qaroriga asosan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan «Yangi O‘zbekistonda innovatsion tadqiqotlar» xalqaro konferensiyasi doirasidagi «Intellektual izlanuvchi» xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik tanlovida Arxitektura va qurilish fakulteti 203-20 guruhi talabasi Nomozov Odiljon “Intellektual izlanuvchi” esdalik nishoni va guvohnomasi bilan taqdirlandi.

💐Professor-o’qituvchilarimizni hamda talabamizni ushbu natijalari bilan samimiy tabriklab, keyingi faoliyatlarida zafarlar tilaymiz!