...

24 Yan

Xalqaro grant va stipendiya tanlovlarida ishtirok etish, xorijga stajirovka ...

Jizzax politexnika instituti Xalqaro hamkorlik bo‘limi tomonidan Qurilish materiallari va konstruksiyalari kafedrasi professor-o‘qituvchilariga xalqaro grant va stipendiya tanlovlarida ishtirok etish, xorijga stajirovka hamda o‘qish uchun hujjatlar to‘ldirish bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-treningda professor-o‘qituvchilar oldidagi imkoniyatlar to‘g‘risida suhbat bo‘lib o‘tdi. Ushbu imkoniyatlar zamirida chet el universitetlarida o‘qishning turlari, ta’lim sohasida O‘zbekiston bilan hamkorlik qiladigan loyihalar va dasturlar, grantlar va stipendiyalar, saytlari ro‘yxati, grant e’lon qiluvchi elchixona saytlari, grant va loyihalar uchun odatda so‘raladigan hujjatlar ro‘yxati haqida ma’lumotlar berildi.