...

26 Yan

Fakultetlar tomonidan talabalar turar joyida bir qator tadbirlar tashkil etildi.

Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida talabalar turar joyining barcha qavatlarida fakultetlar tomonidan davra suhbatlari, ko’ngilochar tadbirlar hamda psixologik treninglar tashkil etildi.

Energetika va radioelektronika fakultetida tahsil olib talabalar turar joyida turuvchi talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.

Bugun 26-yanvar kuni Energetika va radioelektronika fakulteti tomonidan talabalar turar joyida tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish, o‘tkazish hamda talabalar turar joyida har kuni soat 18:00-20:00 oralig’ida talabalarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish maqsadida tashkil etilgan chora-tadbirlar rejasida belgilangan “Eng ko‘p kitob o‘qigan talabalarni taqdirlash” maqsadida talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda fakultet dekani U.Yarlakabov, dekan o’rinbosari B.Mamatkulov, fakultet tyutorlari va talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Dastlab fakultet dekani yana bir bor talabalarning yashash sharoitlarini yaqindan o‘rganib, xonama-xona yurib ular bilan do‘stona va yaqindan suhbatlashdi. Bunda talabalarning har birining xonasiga kirib, kerakli tavsiyalar berdi. Suhbat jarayonida hayotiy misollar keltirdi. Ma’lumot o’rnida, yaqin 4-5 yilda ta’limga va yoshlarga yurtimizda keng imkoniyatlar yaratib kelinayotganligi va bu imkoniyatdan unumli foydalanish kerakligini alohida ta’kidladi.

Quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha talabalar rag‘batlantirildi:

1. Dars jarayoni bilan mashg‘ul bo‘lgan talabalarga chet tili lug‘ati, badiiy va mutaxassisligiga doir kitoblar sovg‘a qilindi.

2. Toza, ozoda va tartibli xonalarga eng namunali xona nominatsiyasi berildi. Ushbu nominatsiyaga 405B-xonada turuvchi talabalar munosib ko‘rildi. Bu talabalar: 410-19 EE (rus) guruh talabasi Shodiyorov Shermuhammad Sindor o‘g‘li, 401-19 EE guruh talabasi Abdiholiqov Farhod Nuriddin o‘g‘li va 410-19 EE (rus) guruh talabasi Shernazarov Doston Rustam o‘g‘li.

3. Talabalar turar joyida turuvchi talabalar orasida eng ko‘p kitob o‘qigan talabalar rag’batlantirildi. Talabalar turar joyining 4-qavatida joylashgan Ma’naviyat xonasida davra suhbati tashkil etilib, talabalar tomonidan o‘zlarining o‘qigan badiiy kitoblari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Eng ko‘p kitob o‘qigan talaba nominatsiyasini 451-21 TJ IChA va B guruh talabasi Jo‘raqulov Sharofiddin Rustam o‘g‘li qo‘lga kiritdi.

.

____________________________________________________________________

.

Bugun yuqoridagi kabi jami 4 ta fakultetda turli xil tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Shulardan yana bittasi Servis fakultetida tashkil etildi. Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularga psixologik motivatsiyalar berish maqsadida institut talabalar turar joyida fakultet talabalari bilan institut psixologi, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori O.Rajabov tomonidan “Pozitiv ruhiyat va fikrlash jarayonlari” mavzusida psixologik trening o‘tkazildi.

Tadbirda institut profilaktika inspektori mayor F. Normatov, fakultetning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Sh.Shermatov, fakultet tyutorlari, yotoqxona xodimlari va talabalar ishtirok etdi.

Uchrashuvda “Servis” fakultetining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Sh.Shermatov, guruh tyutorlari fakultetning talabalar turar joyida turuvchi talabalari ishtirok etishdi.

Seminar-trening uchrashuvida psixolog tomonidan talabalarga motivatsiyalar berish orqali ruhiyatini optimallashtirish yo‘llari va bunda fikrlash jarayonlarining ahamiyati amaliy tarzda tushuntirilib berildi. Tadbir so‘nggida talabalar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olindi. 

.

____________________________________________________________________

.

Bugun kechgi payt Transport fakulteti tomonidan ham talabalar turar joyida turuvchi talabalar bilan «Yangi O’zbekistonda el aziz-inson aziz» shiori ostida badiiy-musiqiy kecha o‘tkazildi. Kechada takultetning yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari G.Soatova, fakultet tyutorlari, Yoshlar Ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yetakchisi M.Hamroqulov, fakultet yoshlar yetakchisi J.Omonov hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

.

____________________________________________________________________

.

Yuqoridagi tadbirlar bilan parallel ravishda Qurilish materiallari va kimyoviy texnologiyalari fakulteti tomonidan ham talabalar uchun davra suhbati hamda psixologik trening tashkil etildi.

Tadbirda institut profilaktika inspektori mayor F. Normatov, institut psixologi, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori O.Rajabov, dekan o’rinbosari O.Qosimov, fakultet tyutorlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Tadbirda talabalar uchun yuqoridagi mavzularda bir qator foydali ma’lumot va maslahatlar berildi. Talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Yuqoridagi tadbirlar ko’tarinki kayfiyatda o’tib, talabalarda katta taassurot qoldirdi.