...

01 Fev

Ijarada yashovchi talabalar holidan xabar olinmoqda — Qurilish materiallari va ...

Ijarada yashovchi talabalardan doimo boxabar bo‘lish va ularning yashash sharoitlarini o‘rganish kun tartibidagi masalalardan biri bo‘lmoqda.

Jizzax politexnika institutida faoliyat yuritayotgan tyutorlar talabalarning muammo va kamchiliklarini o‘rganib, ularga atroflicha yechim topishga harakat qilishmoqda.

Jizzax politexnika institutida ijarada yashovchi talabalar holidan xabar olish muntazam ravishda yo’lga qo’yilgan bo’lib, institut hamda fakultetlar hamkorligida ijarada turuvchi talabalarning yashash sharoiti, ularning turmush tarzi hamda yaratilgan sharoit bilan tanishilib, muammo va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida talabalarning ijara xonadonlariga tashrif buyurilmoqda.

Tashrif jarayonida talabalarning yashash sharoitlari, yaratilgan imkoniyatlar, dars tayyorlashlari uchun qulayliklar, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlari o‘rganilib kelinadi.

Talaba-yoshlarning muammolarini o’rganish maqsadida ular bilan suhbat uyushtirilib, ularga xavfsizlik qoidalariga amal qilish, sog’lom turmush tarziga rioya etish haqida tushunchalar berilmoqda.

Shuningdek, xonadon egalari bilan ham suhbatlashib, talabalarga sharoit yaratish va ularning nazorati bo‘yicha fakultet bilan hamkorlikda ish olib borish taklifi bildiriladi.

Quyida Qurilish materiallari va kimyoviy texnologiya fakulteti tyutorlari faoliyatiga oid fotolavhalar bilan tanishishingiz mumkin: