...

16 Fev

“Balli qizlar” ko'rik tanlovining fakultet bosqichi bo'lib o'tmoqda.

2023-yil 16-fevral kuni Jizzax politexnika instituti Arxitektura va qurilish fakultetining xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi K.Fayzullayeva va Energetika va radioelektronika fakultetining xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi N.Ibragimovalar tomonidan 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan talabalar turar joyida “Balli qizlar” ko’rik tanlovining fakultet bosqichi tashkil qilindi.

Mazkur ko’rik tanlovda talaba-qizlar fakultet shanini himoya qilish uchun bahs boylashdilar.

Birinchi shartda talaba-qizlar oʻzlarini tanishtirdilar.

Ikkinchi shartda talaba-qizlar oʻz qoʻllari bilan chuchvara va «Bahor»salatini tayyorladilar.

Uchinchi shartda esa erkin mavzu boʻlib, oʻzlari tayyorlab kelgan raqslarini ijro etdilar. Tadbir yakunida ishtirokchi qizlar estalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.