...

16 Fev

Navbatdagi fakultetda “Balli qizlar” ko'rik-tanlovining fakultet bosqichi o‘tkazildi.

Jizzax politexnika instituti Qurilish materiallari va kimyoviy texnologiya fakultetida tahsil olayotga talaba-qizlar o‘rtasida “Balli qizlar” ko’rik-tanlovining fakultet bosqichi o‘tkazildi. Fakultetda tahsil olayotga talaba-qizlardan 7 nafari to‘rtta shart bo’yicha bellashdilar:

1-shart. Tanishtiruv sharti bo’lib, bunda har bir ishtirokchi o’zi haqida ma’lumot bilan tanishtirdi.

2-shart. Talabalar o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish, barcha axborot-resurs markazlaridan samarali foydalanishni yo’lga qo‘yish maqsadida badiiy asarlardan savollar berildi.

3-shart. Ishtirokchilar o‘rtasida basketboll va stol tennis sharini raketkasi bilan doiradan chiqmagan holda o’ynash sport turi bo‘yicha bellashdilar.

4-shart. Qizlarning pazandalik mahoratini namoyon etishlari maqsadida millatimizga xos bo‘lgan bahor salatlaridan birini tayyorlashdi.

 Tanlovda ishtirok etgan qizlarning mahoratlarini fakultet dekani M.Mirzabekov, institut xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi B.Tursunova, fakultet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan mastahatchisi F.Karimova, Arxitektura va qurilish fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan mastahatchisi K.Fayzullayevalar  baholab borishdi.