...

18 Fev

TTJda bayramona dasturxon yozildi va katta doshqozonda osh damlandi.

Jizzax politexnika instituti talabalar turar joyida talaba-yoshlar uchun bayramona dasturxon yozildi va malakali oshpazlar tomonidan katta doshqozonda osh damlandi.

Mazkur tadbir «Qurilish materiallari va kimyoviy texnologiya» hamda «Arxitektura va qurilish» fakultetlari tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, unda barcha yoshlar qatori prorektorlar, dekanlar va dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar ham ishtirok etdilar.

Tadbir bayramona tarzda tashkil etilib, yakunda talaba-yoshlar institut rahbariyatiga minnatdorchilik bildirishdi.

Tashkil etilayotgan bu kabi tadbirlar rahbariyat va talabalar o‘rtasidagi do‘stona muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.