
- 2023-03-09 21:50:16
Zukko kitobxon tanlovi fakultetlar kesimida bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur tadbirda institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, fakultetlarning dekan o‘rinbosarlari, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari, barcha guruhlar jamoalari a’zolari hamda tyutorlar ishtirok etdi.
Tadbirni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova kirish so‘zi bilan ochib berdi. M.Xolbekova o‘z so‘zida Zukko kitobxon tanlovi barcha fakultetlarning birinchi bosqich talabalari jamoalari kesimida reja-grafik asosida belgilangan muddatda o‘tkazilib borishini ta’kidladi.
Shundan so‘ng, Zukko kitobxon tanlovi boshlandi. Tanlovda 2 ta fakultetdan 16 ta jamoa ishtirok etdi. Ular quyidagilar:
- Qurilish materiallari va kimyoviy texnologiya fakultetidan “Renessans” jamoasi;
- Qurilish materiallari va kimyoviy texnologiya fakultetidan “Atom” jamoasi;
- Qurilish materiallari va kimyoviy texnologiya fakultetidan “Alpomish” jamoasi;
- Qurilish materiallari va kimyoviy texnologiya fakultetidan “Neftchi” jamoasi;
- Qurilish materiallari va kimyoviy texnologiya fakultetidan “Zukkolar” jamoasi;
- Qurilish materiallari va kimyoviy texnologiya fakultetidan “Bilimdon” jamoasi;
- Qurilish materiallari va kimyoviy texnologiya fakultetidan “Molekula” jamoasi;
- Qurilish materiallari va kimyoviy texnologiya fakultetidan “Muhandislar” jamoasi;
- Qurilish materiallari va kimyoviy texnologiya fakultetidan “Uchqun” jamoasi;
- Servis fakultetidan “Kelajak yoshlari” jamoasi;
- Servis fakultetidan “Metrolik” jamoasi;
- Servis fakultetidan “O‘zbekiston kelajak yoshlari” jamoasi;
- Servis fakultetidan “Do‘stlik” jamoasi;
- Servis fakultetidan “Menejment” jamoasi;
- Servis fakultetidan “Navro‘z” jamoasi;
- Servis fakultetidan “Yangi O‘zbekiston yoshlari” jamoasi;
- Servis fakultetidan “Yosh logistik” jamoasi;
Tanlov yakunida I o‘rinni Servis fakultetining “Do‘stlik” jamoasi, II o‘rinni Qurilish materiallari va kimyoviy texnologiya fakultetining “Renessans” jamoasi, III o‘rinni Servis fakultetinig “O‘zbekiston kelajak yoshlari” jamoasi egalladi.