...

12 Mar

Jizzax politexnika instituti oʻqituvchisi AQShda malaka oshirmoqda.

Jizzax politexnika instituti Elektr texnologiyasi kafedrasi katta oʻqituvchisi Mirzayev Uchqun Nazarqosimovich Amerika Qoʻshma Shtatlarining Vayoming universitetida malaka oshirish va tajriba almashish uchun FEP dasturi boʻyicha grantni qoʻlga kiritgani haqida xabar bergan edik.

Ayni paytda U.Mirzayev AQShda malaka oshirmoqda. U.Mirzayev John Hopkins universitetida shu kunlarda boʻlib oʻtayotgan «13th IEEE Integrated STEM Education» nomli xalqaro konferensiyada ishtirok etib, sohaga oid eng so’nggi yangiliklar hamda universitetda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar bilan ham tanishdi.

Maʼlumot uchun, ushbu universitet dunyoning Top 20 talik universitetlari qatoriga kiradi. Universitetdan 27 ta Nobel mukofoti laureatlari chiqqan.

Eslatib o’tamiz, U.Mirzayev ishtirok etayotgan grant toʻliq Amerika qoʻshma shtatlari tomonidan qoplab beriladi.
Toʻrt oy davom etuvchi mazkur dastur Oʻzbekistondagi oliy ta’lim muassasasi oʻqituvchilariga AQShda pedagogik mahorat va predmetlarga oid kasbiy bilimlarni egallash orqali oʻz akademik malakalarini oshirish imkonini beradi. Ishtirokchilar FEP doirasida oʻquv dasturlarini ishlab chiqish, oʻqitishning muqobil usullarini oʻrganish va ta’lim sohasida oʻz tajribalarini kengaytirish imkoniyatiga ega boʻladi. Shuningdek, dastur kurslarni kuzatish, akademik sohaga oid anjumanlarda qatnashish va AQSHdagi mezbon oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan bevosita birga ishlashni ham nazarda tutadi. Ishtirokchilar oliy ta’lim tiziminining turli jabhalarini qamrab oluvchi qator tadbirlarda qatnashish orqali AQSH ta’lim tizimi xususidagi bilimlarini kengaytiradilar.