...

18 Okt

Qo'shma ta'lim dasturiga xorijiy tildan yakuniy bosqich kirish test sinovlari o'tkazildi.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va Jizzax politexnika instituti hamkorligida tashkil etilgan Mashinasozlik texnologiyasi qo’shma ta’lim dasturiga birinchi bosqich kirish test sinovlari o’tkazilgani haqida xabar bergan edik. Bugun qo’shma ta’lim dasturining birinchi bosqich talabalari uchun yakuniy bosqich ingliz tili fanidan test sinovlari o’tkazildi.

Alohida qayd etish joizki, ushbu qo’shma ta’lim dasturida tahsil oladigan talabalar o’qishni tamomlagach davlat naʼmunasidagi Jizzax politexnika instituti va Turin politexnika universiteti diplomiga ega bo’lishadi.