Jizzax politexnika instituti “Transport” fakultetiga biriktirilgan Jizzax viloyati Forish tumani XTBga qarashli 8-umumiy o’rta ta’lim maktabining yuqori sinf o’quvchilari institutimizga sayohat uyushtirdilar. Sayohat davomida institutning majlislar zalida institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori S. Tovboyev, fakultet dekani N.Saidaxmedova, maktab direktori O. Abdujabborov va fakultetga qarashli kafedra mudirlari ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvdan so’ng o’quvchilar institutda yaratilgan shart-sharoitlar, o’quv laboratoriya xonalari, axborot resurs markazi, sport majmuasi va texnoparklar bilan tanishtirildi. Institutga boʼlgan sayohat o’quvchilarda katta taassurot qoldirdi.   Institut matbuot xizmati Jizzax politexnika institutining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling va kuzatib boring: • www.fb.com/jizpiuz • www.instagram.com/jizpiuz • twitter.com/jizpiuz • https://t.me/JizPI_online