Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov talabalar bilan o‘tkazgan onlayn uchrashuvida doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda ularning sohaga oid taklif-mulohazalarini o‘rganish maqsadida “Vazirga takliflar” boti ishga tushirilishini ma’lum qilgan edi. Telegram tarmog‘ida “Vazirga takliflar” boti tashkil etildi. Endilikda professor-o‘qituvchilar, olimlar, tadqiqotchilar, talabalar va ularning ota-onalari mazkur bot orqali bevosita vazirga sohaga oid muammolarni bildirishlari, o‘z takliflarini yuborishlari mumkin. Barcha takliflar shaxsan vazir tomonidan o‘rganib chiqiladi hamda oliy ta’lim tizimi faoliyatini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar olib boriladi. (https://t.me/eduuz/4154)Taklif yuborish: 👉 @vazirga_takliflar_bot   Institut matbuot xizmati Jizzax politexnika institutining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling va kuzatib boring: • www.fb.com/jizpiuz • www.instagram.com/jizpiuz • twitter.com/jizpiuz • https://t.me/JizPI_online