🔰Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo’lgan fuqarolarni 2021/2022 o’quv yilida respublika OTMning sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko’ra tabaqalashtirilgan to’lov-kontrakt asosida o’qishga tavsiya etish huquqiga ega bo’lgan vazirlik, idora va yirik xo’jalik birlashmalarining ro’yxati tasdiqlandi 🔘Bunda: — vazirlik, idora va yirik xo’jalik birlashmalari 2021/2022 o’quv yili uchun 100 nafargacha talabgorga tavsiyanoma berishlari mumkin; — vazirlik, idora yoki yirik xo’jalik birlashmasi tizimida asosiy ish joyi sifatida 5 yildan kam bo’lmagan muddatda faoliyat yuritayotgan xodimlarga ushbu vazirlik, idora yoki yirik xo’jalik birlashmasining asosiy faoliyatidan kelib chiqib, tavsiyanoma tashkilotning shaxsan birinchi rahbari tomonidan beriladi; — suhbat natijalariga ko’ra sirtqi va kechki ta’lim shakliga o’qishga tavsiya etilgan talabgorning o’qishi (sirtqi ta’lim shakli uchun 5 yil, kechki ta’lim shakli uchun 4 yil) uchun to’lov-kontrakt mablag’lari ishlab turgan muayyan tashkilot (vazirlik, idora, yirik xo’jalik birlashmasi) tomonidan belgilangan muddatlarda to’lab beriladi.
RASMAN TASDIQLANDI. O’zR ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasining 2021 yil 26 iyuldagi 2-son bayoni bilan pandemiya sharoitidagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, 2021/2022 o’quv yili qabulida oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 5 avgustdan (qoida tariqasida, kuniga ikki smenada: 1-smena 07:00 dan, 2-smena 19:00 dan) boshlanishi hamda test sinovlari ochiq stadion va xiyobonlarda o’tkazilishi belgilandi. Davlat komissiyasining bayoni bilan pandemiya sharoitida abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida test topshiriqlari soni maqbullashtirilib, kirish test sinovlariga jami 3 soat vaqt ajratiladigan bo’ldi. Bunda: ➡️ birinchi bo’limdagi majburiy uchta fan – ona tili (o’zbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tillar), matematika va O’zbekiston tarixi fanlarining har biriga 10 tadan jami 30 ta test topshiriqlari va umumiy 60 daqiqa belgilanadi; ➡️ikkinchi bo’limdagi abituriyent tanlagan bakalavriat ta’lim yo’nalishiga mos ikkita fanning har biriga 20 tadan jami 40 ta test topshiriklari va umumiy 120 daqiqa belgilanadi; ➡️majburiy uchta fanga jami 63 ball, abityriyent tanlagan bakalavriat ta’lim yo’nalishiga mos ikkita fanga jami 126 ball, umumiy – 189 ball belgilanadi. Manbaa: edu.uz