...

06 Sen

2022-2023 o‘quv yili Zomin tumani Achchigʻi qishlogʻidagi 46-maktabda ham "Mustaqillik darslari" bilan boshlandi.

Yangi oʻquv yilining ilk bayram dasturida Jizzax politexnika instituti jamoasidan Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor T.Berdiyorov ishtirok etdi. T.Berdiyorov «Bilimlar kuni» hamda yangi oʻquv yili bilan barcha yoshlarni tabrikladi. Shuningdek oʻquvchilarga «Mustaqillik darslari» ni oʻtib berdi.

“Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida boʻlib oʻtgan «Mustaqillik darslari»da maktab maʼmuriyati, o‘qituvchilar hamda sinf rahbarlari ham ishtirok etdi.