24-oktabr Prezidentlik saylovida Jizzax politexnika instituti jamoasidan iborat talaba-yoshlar ham faol ishtirok etishdi. Boshqa viloyatlardan institutga o‘qishga kelib oʼqiyotgan 1107 nafar talaba-yoshlar «Saylov–2021: Kelajaging uchun ovoz ber!» shiori ostida 5 ta saylov uchastkalariga borib, oʼzlari maʼqul deb topgan nomzodlarga ovoz berishdi. Shundan soʼng, talabalarga koʼtarinki kayfiyat ulashish maqsadida institutda turli sport oʼyinlari tashkil qilindi. Arqon tortish, yugurish (100m), turnikka tortilish, tosh koʻtarish, shaxmat, shashka, voleybol, stol tennisi, futbol, mini futbol sport turlarida institut professor-oʼqituvchilari hamda talabalar oʼzlarining bor mahoratlarini namoyish etishdi. Bundan tashqari talabalar tomonidan qiziqarli sahna koʻrinishlari, goʼzal raqslar, kuy qoʼshiqlar ijro etildi. Eng muhimi tadbir koʼtarinki ruhda davom etdi. Albatta, davlatimizning muhim siyosiy tadbiri hisoblangan Prezidentlik saylovida yoshlarning ishtiroki juda muhim. Asosiysi, bugun talaba-yoshlar aʼzolarining konstitutsiyaviy huquqlaridan toʼliq foydalangan holda, ochiq va oshkora shaffof tarzda oʻtkazilayotgan Prezidentlik saylovida ishtirok etishdi. Yuqorida maʼlum qilganimizdek, Jizzax politexnika institutida boʼlib barcha tadbirlar parallel ravishda institutning 3-binosida ham boʼlib oʼtdi.