Joriy yil 27-28-oktabr kunlarida Jizzax politexnika institutida O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2021-yil 26-iyuldagi 2-son bayoni 20-bandiga asosan talabgorlar bilan suhbat o’tkazish va talabalikka qabul qilish, Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligining 2021-yil 6-oktabrdagi № 02/15-4/1-3634-sonli xati yuzasidan 2021-2022-o‘quv yilida sirtqi ta’lim shakliga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish uchun, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan hamda tegishli ish beruvchi vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abituriyentlar bilan suhbat bo'lib o'tdi.

Unda 5 yil ish stajiga ega fuqarolarni sirtqi va kechki ta'lim shakliga o‘qishga tavsiya etish huquqiga ega 19 ta vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalaridan 46 nafar nomzodlar ishtirok etdi.  
Tavsiyanomaga ega bo‘lgan abituriyentlar bilan test o‘tkazish bo‘yicha institutda suhbat komissiyasi tarkibi quyidagicha: 1. A.Usmankulov - Institut rektori, suhbat komissiyasi raisi 2. G‘.Egamnazarov - O‘quv ishlari bo’yicha prorektor, rais o‘rinbosari 3. U.Mirzaev - Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor v.b. 4. A.Berdiqulov - Qabul komissiyasi mas‘ul kotibi 5. J.Hamidov - Servis fakulteti dekani, a‘zo 6. D.Xushvaqtov - Servis fakulteti dekan o‘rinbosari, kotib 7. S.Djiyanbaev - Transport logistikasi kafedrasi mudiri 8. Sh.Saloxiddinov - Menejment kafedrasi, o‘qituvchi 9. M.Tursunov - Muhandislik kommunikatsiyalari kafedrasi, katta o‘qituvchi 10. B.Donyorov - Yengil sanoat texnologiyalari kafedrasi mudiri