Jizzax politexnika institutida “Xotin-qizlarga tazyiq va zo’ravonlik o’tkazish holatlarini oldini olish profilaktikasi” mavzusida tadbir o'tkazildi. Tadbirda institutining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Siroj Tavboyev, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor Sanobar Eshbekova, Jizzax viloyat IIB huquqbuzaliklar profilaktikasi boshqarmasi muhim topshiriqlar bo’yicha inspektori, katta leytenant Dilnoza Xusanova, Jizzax viloyat Zo’rlik ishlatilishidan jabr ko’rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi huquqshunosi Umid Begmatov, Jizzax viloyati IIB Terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashish bo’limi inspektori Ma’rufxon Hamidov, Jizzax viloyati IIB Terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashish bo’limi boshlig’i, mayor Sherzod Qodirov hamda Jizzax viloyat sudi sudyasi Shuhrat Xudayarovlar ishtirok etdi.  Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor S.Eshbekova “Xotin-qizlarga tazyiq va zo’ravonlik o’tkazish holatlarini oldini olish profilaktikasi” mavzusidagi tadbirni ochib berdi, tadbir ishtirokchilari va talabalarga soxa mutaxassislarini tanishtirib o’tdi. Shuningdek, bugungi kunda gender va xotin-qizlar tengligini ta’minlash, xotin-qizlarni har tomonlama zo’ravonlik va tazyiqlardan himoya qilish, taziyiq va zo’ravonlikdan jabr ko’rganlarni reabilitatsiya qilish borasida davlatimizda amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha gapirib o’tdi. Jizzax viloyat IIB huquqbuzaliklar profilaktikasi boshqarmasi muhim topshiriqlar bo’yicha inspektori, katta leytenant D.Xusanova so’zga chiqib, so’ngi yillarda yurtimizda xotin-qizlar va gender tengligi ta’minlash, ayollarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash hamda ularga munosib shart-sharoitlar yaratish borasida  amalga oshiriligan ishlarga to’xtalib o’tdi. Shuningdek, mazkur ishlarga qaramasdan, ayollarga nisbatan zo’ravonlik, tazyiqlar o’tkazish holatlari ham uchrab turganligi, ularning salbiy oqibatlari, zo’ravonlikdan keyingi reabilitatsiya va moslashtirish ishlari haqida yig’ilganlarga ko’rgazmali slayd va videolar orqali tushuntirish ishlari olib bordi. Jizzax viloyat Zo’rlik ishlatilishidan jabr ko’rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi huquqshunosi U.Begmatov so’zga chiqib, xotin-qizlarga nisbatan jinsiy, jismoniy, ruhiy, iqtisodiy va boshqa zo’ravonlik holatlari, ularning oldini olish, tazyiq, tajovuz, zo’ravonlikdan aziyat chekkan ayollarni reabilitatsiya qilish, hayotga moslashtirishning huquqiy asoslari haqida gapirib o’tdi va bunday markazlarga joylashtirilayotgan ayollar soni oshib borayotganligini qayd qilib, bunday holatlarni olish uchun oiladagi ijtimoiy muhitni yaxshilash, ajrimlar sonini kamaytirish borasida qilinadigan ishlar haqida tadbir ishtirokchilariga batafsil ma’lumot berdi. Jizzax viloyati IIB Terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashish bo’limi boshlig’i, mayor – Sh. Qodirov so’zga chiqib, zo’ravonlik va tazyiq holatlari natijasida yuzaga keladigan muammolar hamda mazkur holatlarga sabab bo’layotgan omillar: ishszlik, irodasizlik, olilaviy nizo va ajrimlar, terrozim va ekstremizm, odam savdosi kabilarni oldini olish bo’yicha bajarilayotgan ishlar haqida yig’inlarga so’zlab berdi. Va mazkur holatlarni guvohi bo’lgan shaxslar ichki ishlar organlari ishonch telefonlari (102)ga yoki hududiy IIO FMBga murojaat qilishlari mumkinligini ta’kidlab o’tdi.