Jizzax politexnika instituti “Servis” fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekani o’rinbosari D.Xushvaqtov va “Transport logistikasi” kafedrasi o‘qituvchisi O.Olimovlar, Jizzax shahri “Ravalliq” MFY ga qarashli 11-sonli maktabga tashrif buyurib davra suhbati tashkil etishdi. Tashrif davomida “Ravalliq” MFY da joylashgan 11-sonli maktabdagi 9-11 sinf bitiruvchi yoshlari va uyushmagan yoshlarning oliy ta’limga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida institut qabul yo‘nalishlari hamda fakultetlarida tashkil etilgan fan to’garaklari faoliyati to‘g‘risida ma’lumot berildi. Shu bilan birga tez orada mahallalarda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan Jizzax politexnika instituti ''Rektor kubigi'' sport musobaqalarini tashkil etish uchun “Ravalliq” MFY raisi A.Eshonqulov bilan mahalladagi 18 dan 30 yoshgacha bo’lgan uyushmagan yoshlar o’rtasida sportning voleyboll turi bo’yicha musobaqaga kelishib olindi.