O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog’lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-6099-sonli Farmoni, Vazirlar  Mahkamasining 2020-yil 19-noyabrdagi 735-son “Aholini sog’lom turmush tarzini qo’llab quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 735-sonli qarori va O’zbekiston ekstremal va tog’ turizmi Federatsiyasining tadbirlar kalendar rejasiga ko’ra, 2021-yil 22-25 aprel kunlari Baxmal tumani “Baxmal Ekoturizm” tashkiloti bazasida viloyatlar kesimida yoshlar turistik yig’ini o’tkazildi.
Yig’inda institutimizning “JizPI” jamoasi ham faol ishtirok etdi. Yig’in doirasida “Sportcha mo’ljal” yo’nalishida musobaqa tashkil etildi.
Musobaqada Samarqand, Toshkent, Qashqadaryo, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining  30 dan ortiq jamoalari ishtirok etdi.
Musobaqa yakuniy natijalariga ko’ra institutimizning Qayumov Abdumalik boshchiligidagi “JizPI” jamoasi faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritdi va Toshkent viloyatidagi “Chimyon” oromgohida o’tkaziladigan O’zbekiston chempionatiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.
Institutimiz sha’nini himoya qilgan jamoa a’zolarini qo’lga kiritgan yutuqlari bilan tabriklaymiz!
Jamoa tarkibi quyidagicha: 1.Nurullayev Doniyor           Sanoat texnologiyalari fakulteti 342-19 TTDIT 2.Abdullayev Sharof             Sanoat texnologiyalari fakulteti 342-19 TTDIT 3.Raxmonov Husan              Sanoat texnologiyalari fakulteti 342-19 TTDIT 4.G’aybullayeva Charos       Kimyoviy texnologiya fakulteti 710-18 KT 5.G’opporova Sevinch          Kimyoviy texnologiya fakulteti 731-20 E va AMM