...

06 Okt

Universida-2022: Hududiy bosqichga Jizzax viloyati ham mezbonlik qildi.

Universida-2022 sport musobaqalari dasturidan o‘rin olgan basketbol sport turining hududiy bosqichiga Jizzax viloyati mezbonlik qildi.

Hududiy bosqichda:
Jizzax viloyati;
Sirdaryo viloyati;
Toshkent viloyati;
Toshkent shahri erkak va ayollar terma jamoa sportchilari ishtirok etishdi. Musobaqa qizg‘in va bahslarga boy bo‘ldi. Unga ko‘ra ayollar jamoalari quyidagicha o‘rinlarni egallashdi:

  • I o‘rin: Jizzax viloyati.
    II o‘rin: Toshkent viloyati.
    III o‘rin: Toshkent shahri.
    VI o‘rin: Sirdaryo viloyati.
  • Erkaklar jamoalari o‘rtasida o‘tkaziladigan musobaqada esa:
    I o‘rin: Toshkent viloyati.
    II o‘rin: Toshkent shahri.
    III o‘rin: Jizzax viloyati.
    VI o‘rin: Sirdaryo viloyati sportchilariga nasib qildi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqada birinchi o‘rinni egallagan jamoalar dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan final bosqichida ishtirok etib, viloyat shanini himoya qiladilar.

Jizzax viloyati ayyollar jamoasiga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.