Bugun, 7-may kuni "Energetika va radioelektronika" fakulteti "Radioelektronika" kafedrasida "Radio va aloqa kuni"ga bag‘ishlangan katta tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda "Uzbektelecom" AK Jizzax filiali hamda "UMS" kompaniyasi kabi kafedraning hamkor tashkilotlaridan vakillar ishtirok etdi.
Tadbirda talabalarga radioning kashf etilishi va tarixi, radioaloqa prinsiplari, internet tarmog‘i to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, kafedraning iqtidorli talabalari tomonidan ishlanmalar namoyish etildi.