Joriy yilning 8-iyun sanasida "Servis" fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan movini D.Xushvaqtov va MS va MSM yo'nalishi 2-bosqich magistranti J.Nosirov lar Mirzacho'l tumani "Mustaqillik" MFY hududida joylashgan "Barkamol avlod'' bolalar markaziga tashrif buyurib, markazga qatnayotgan to'garak qatnashchilari hamda shu hududda yashovchi uyushmagan yoshlar bilan birgalikda ochiq davra suhbati bo'lib o'tdi. Davra suhbati davomida yoshlarning oliy ta'limga bo'lgan qiziqishini oshirish maqsadida institut qabul yo'nalishlari hamda fakultetlarida tashkil etilgan fan to'garaklari faoliyati to'g'risida ma'lumot berildi.