Jizzax politexnika institutida ma'naviy-ma'rifiy yangi tizimni yaratish maqsadida ishlab chiqilgan "Yo'l xaritasi" doirasida "Servis" fakulteti talaba-yoshlari o'rtasida sog'lom turmush tarzini targʻib etish va talaba-yoshlar orasidan eng sara sportchilarni munosib taqdirlash maqsadida sportning mini futbol turi boʻyicha o'yinlar boʻlib oʻtdi.
Uch kun davom etgan musobaqa kuchli bellashuv va bahslarga boy boʻldi.
O'yin natijalariga koʻra: 1-o'rinni 531-20 BH va A guruh jamoasi 2-o'rinni 501-20 TL guruh jamoasi 3-o'rinni 510-20 TL(rus) guruh jamoalari qo'lga kiritishdi.
Fakultet dekani tomonidan g'olib jamoalarga esdalik sovgʻalari topshirildi.