Bugun, Buxoro shahrida O‘zbekiston va Rossiya oliy ta’lim muassasalari rektorlarining uchinchi mintaqalararo konferensiyasi bo’lib o’tdi. 
Xalqaro forumni o‘tkazishdan asosiy maqsad O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida zamonaviy yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash hamda ilmiy tadqiqot sohasida o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishdan iborat bo'lib, Unda ikki mamlakatning yuqori martabali davlat hokimiyati organlari vakillari hamda 80 dan ortiq nufuzli oliy ta’lim muassasasi rektorlari ishtirok etdi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor ABDUVAXITOV, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Xorijiy mamlakatlar bilan xududlararo va madaniy aloqalar bo‘yicha boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari Anton RIBAKOV, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir TOSHQULOV, Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy ta’lim vazirining o‘rinbosari Dmitriy AFANASYEV kirish so‘zlari bilan anjuman qatnashchilariga murojaat qildilar.
O‘zbekiston-Rossiya oliy ta’lim muassasalari rektorlarining uchinchi mintaqalararo konferensiyasi doirasida
Ikki davlatning yuqori martabali davlat organlari vakillari – O‘zbekiston tomonidan Prezident maslahatchisi A.Abduvaxitov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.Toshqulov, Buxoro viloyati hokimi B.Zaripov; Rossiya tomonidan Xorijiy mamlakatlar bilan hududlararo va madaniy aloqalar bo‘yicha boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari A.Ribakov, Fan va oliy ta’lim vazirining o‘rinbosari D.Afanasyev o‘rtasida tor doiradagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda oliy ta’lim sohasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish hamda dolzarb vazifa va masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan ta’lim, ilm-fan va madaniyat sohalari bo‘yicha fikr almashinildi.
Konferensiyasi yakunida Anjuman dasturiga ko‘ra, kunning ikkinchi yarmida ikki davlat OTM rektorlari o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish barobarida dolzarb vazifa va masalalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotda shaklida muhokama qildilar.   Anjuman yakunida O‘zbekiston va Rossiya OTM ikki tomonlama hamkorlik memorandumlarini imzolashdi:
🔘Jizzax politexnika instituti – Qozon federal universiteti;  🔘Jizzax politexnika instituti – Don davlat texnika universiteti;  🔘Jizzax politexnika instituti – “MEI” Milliy tadqiqot universiteti. 🔘 Buxoro davlat universiteti – Don davlat texnika universiteti; 🔘Buxoro muhandislik-texnologiya instituti – Don davlat texnika universiteti; 🔘Buxoro muhandislik-texnologiya instituti – A.N.Kosigin nomidagi Rossiya davlat universiteti; 🔘Buxoro muhandislik-texnologiya instituti – D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti; 🔘Toshkent davlat yuridik universiteti – Qozon federal universiteti; 🔘Toshkent davlat yuridik universiteti – Oltoy davlat universiteti; 🔘O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti – Oltoy davlat universiteti; 🔘Qoraqalpoq davlat universiteti – Oltoy davlat universiteti; 🔘Qoraqalpoq davlat universiteti – Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti. 🔘O‘zbekiston milliy universiteti – Sankt-Peterburg davlat universiteti; 🔘Samarqand davlat universiteti – Oltoy davlat universiteti; 🔘Toshkent davlat pedagogika universiteti – A.I.Gersina nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti; 🔘Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti – A.N.Kosigin nomidagi Rossiya davlat universiteti;
Vazir A.Toshqulovning konferensiyadagi nutqini bu yerda o'qishingiz mumkin: 👉 https://edu.uz/uz/news/view/2555