Jizzax politexnika instituti "Transport" fakulteti "Xorijiy tillar" kafedrasining ingliz tili o‘qituvchisi Fayzullayeva Aziza tomonidan 7-aprel kuni fakultetning "Yer usti transport tizimlari" yo‘nalishi talabalari uchun "Phrasal verb make" mavzusida ochiq dars tashkil qilindi. Ochiq dars davomida mavzu bo'yicha talabalarga foydali hamda qiziqarli malumotlar berildi. Ochiq dars axborot texnologiyalardan foydalangan holatda o'tqazildi va talabalar mavzu bo'yicha turli xil mashqlar bajarishdi. Talabalarning faolligini oshirish maqsadida "Aqliy hujum", "Klaster" va "Guruh bo'lib ishlash" kabi interfaol usullaridan samarali foydalanildi. Darsga "Xorijiy tillar" kafedrasi dotsenti Em. Maya hamda kafedraning boshqa professor-o'qituvchilari ham taklif qilindi.