Jizzax politexnika instituti, "Arxitektura va qurilish" fakulteti "Muhandislik kommunikatsiyalari" kafedrasi katta o‘qituvchisi Qutlimurodov Ulug‘bek Masharipovich tomonidan Zoom platformasi orqali onlayn tarzda ochiq videodars mashg‘ulotlari olib borildi.
Videodarsda "Suv ta’minoti" fanining "Quvur uzunligi va mahalliy qarshiliklar hisobiga yo‘qoladigan bosim qiymatlarini aniqlash" mavzusidagi masalalar talqin etildi.
Bundan tashqari yangi keltirilgan laboratoriya uskunalari haqida ko‘plab ma’lumotlar keltirildi.
Videokonferensiyada Samarqand, Namangan, Qashqadaryo, Farg‘ona, Buxoro viloyatlari, Toshkent va Jizzax shaharlarida joylashgan OTMlardan professor-o‘qituvchilar va talabalar faol ishtirok etdilar.
Videodars munozaralarga boy va qiziqarli tarzda bo‘lib o‘tdi.