Jizzax politexnika institut “Arxitektura va qurilish” fakulteti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi professor-o‘qituvchilari N. Baysariyev, A.Xazratkulova, K.Yusupov va F.Xaydarovalar Zafarobod tumani "Chimqo‘rg‘on" mahallasida "Bir ziyoli - bitta mahallaga ma’naviy homiy" tamoyili asosida mahalla yoshlari o‘rtasida sportning shaxmat-shashka turi bo‘yicha mahalla birinchiligini o‘tkazishdi, g‘oliblarga diplom va sovg‘alar taqdim etildi.
Mahalla yoshlari ushbu tadbirdan mamnun bo‘ldilar va g‘oliblik uchun faol ishtirok etdilar, tashkilotchilarga mahalla yoshlaridan sportning futbol turi bo‘yicha ham musobaqa o‘tkazish taklifi berildi va keyingi haftada bu taklif bo‘yicha ishlarni amalga oshirishga kelishib olindi.