Bugungi kunga kelib, institutimizda talaba-yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, ularning sportga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, sportning fudbol turiga berilayotgan e'tibor bugungi kunga kelib, o'z samarasini berayotgani hech birimizga sir emas. "Arxitektura va qurilish" fakultetida fudbol sport turi bo'yicha "Dekan kubogi" uchun kafedralararo saralash o'yinlari bo'lib o'tmoqda. O'yin nizomiga ko'ra musobaqa fakultet miqyosida o'tkazilib, har bir kafedraga biriktirilgan akademik guruhlar o'rtasida fakultet bosqichi uchun g'olib jamoalar aniqlanadi. Aprel oyining dastlabki kunlarida fakultet kesimidagi "Arxitekturaviy loyihalash" kafedrasida "Dekan kubogi" uchun saralash musobaqalari o'tkazildi. Qizg'in tarzda bo'lib o'tgan musobaqa  natijalariga ko'ra: 1-o'rinni "340-17 guruh" jamoasi, 2-o'rinni "231-19 guruh" jamaosi, 3-o'rinni "232-20 guruh" jamoasi (jamoa a'zolari ushbu guruh talabalari tarkibidan tuzilgan)qo'lga kiritdi. G'olib jamoa("340-17 guruh" jamoasi) fakultet bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ldi.