Jizzax politexnika instituti Axborot-resurs markazi o'quv zalida yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularda korrupsiyaga va boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, shu jumladan davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, yoshlarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi tura oladigan kuchli immunitetni shakllantirish maqsadida "Transport" fakulteti talabalari o'rtasida "Biz korrupsiyaga qarshimiz" mavzusidagi insholar tanlovining I bosqichi o'tkazildi.