13 Noy

- 2021-11-13 17:59:06
Bugun, 13-noyabr kuni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.Toshqulov rahbarligida oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish, kredit-modul tizimini amalda tatbiq etishdagi asosiy muammolarga bagʻishlangan onlayn yig'ilish va seminar-trening bo'lib o'tdi.
Yigʻilish va seminar-trening jarayoni Zoom platformasi orqali hamda YouTubeda toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatildi.
Vazirlik matbuot xizmati ma'lum qilishicha, yig'ilish va seminar-treningda 96 ta davlat oliy ta'lim muassasalaridan 24,5 ming nafar ishtirokchi Zoom platformasi orqali qatnashgan.
Unda Jizzax politexnika instituti professor-o'qituvchilari ham munosib ishtirok etdi.



